Home Random Page


CATEGORIES:

BiologyChemistryConstructionCultureEcologyEconomyElectronicsFinanceGeographyHistoryInformaticsLawMathematicsMechanicsMedicineOtherPedagogyPhilosophyPhysicsPolicyPsychologySociologySportTourism






Subh`anakall`ouhumma va bihamdika va tab`arokasmuka va ta`a’la jadduka va l`a il`aha g‘oyruk.

NAMOZ O‘QISH TARTIBI

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o‘qish har bir musulmonga farzdir.
BOMDOD NAMOZI
Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami to‘rt rakatdan iborat.
Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha o‘qiladi:
1. «Alloh rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod namozining ikki rakat sunnatini o‘qishni niyat qildim», deb ko‘ngildan o‘tkaziladi.
2. «Allohu akbar», deb iftitoh takbiri aytiladi. Bu takbirda erkaklar qo‘llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi. Ayollar qo‘llarini yelka barobarida ko‘taradilar.

3. Qo‘llar bog‘lanadi. Erkaklar o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l ustiga qo‘yishadi. O‘ng qo‘lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo‘l bilagini ushlashadi.

Ayollar o‘ng qo‘lni chap qo‘l us-tida tutib, qo‘llarini ko‘krakka qo‘yadilar. Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar o‘qiladi.

SANO DUOSI

Subh`anakall`ouhumma va bihamdika va tab`arokasmuka va ta`a’la jadduka va l`a il`aha g‘oyruk.

Ma’nosi: «Allohim! Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulug‘dir. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir».
FOTIHA SURASI
A’`uzu bill`ahi minash shayt`onir roj`iym. Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Al hamdulill`ahi robbil ‘`alam`iyn. Ar-rohm`anir roh`iym. M`aliki yavmidd`iyn. Iyy`aka na’budu va iyy`aka nasta’`iyn. Ihdinas sir`otol mustaq`iym. Sir`otollaz`iyna an’amta ‘alayhim g‘oyril mag‘z`ubi ‘alayhim valazz``oll`iyn.

Mazmuni: Allohning dargohidan quvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga qochaman. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (Qiyomat)ning egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz! Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlaginki, (U) Sen in’om (hidoyat) etganlarning (payg‘ambarlar, siddiq va shahidlarning) yo‘lidir, g‘azabga uchragan (Muso qavmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso qavmining «Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!

Fotiha surasidan so‘ng bir zam (qo‘shimcha) sura o‘qiladi.

Yangi o‘rganuvchilar quyidagi kichik suralardan birini zam qilishsa bo‘ladi:
KAVSAR SURASI
Inn`a a’toyn`akal-kavsar. Fa solli lirobbika vanhar. Inna sh`ania’ka huval abtar.

Mazmuni: «(Ey Muhammad,) darhaqiqat, Biz Sizga Kavsarni* berdik. Bas, Rabbingiz uchun namoz o‘qing va (tuya) so‘yib qurbonlik qiling! Albatta, g‘animingizning o‘zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».

(Kavsar — jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va suvdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko‘rmaydi.)
IXLOS SURASI
Qul huvall`ohu ahad. All`ohus-somad. Lam yal`id. Va lam `yuvlad va lam yakullah`u kufuvan ahad.

Mazmuni: (Ey Muhammad,) ayting: «U — Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug‘magan va tug‘ilmagan ham. Shuningdek, Unga teng biror zot yo‘qdir».
FALAQ SURASI
Qul a’`uzu birobbil falaq. Min sharri m`a xolaq. Va min sharri g‘`osiqin iz`a vaqob. Va min sharrin-naff`as`ati fil ‘uqod. Va min sharri h`asidin iz`a hasad.

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga yaratgan narsasi yovuzligidan, tugunchaga dam uruvchi ayollar yovuzligidan hamda hasadchining hasadi yovuzligidan”».
AN-NOS SURASI
Qul a’`uzu birrobin-n`asi malikin-n`asi il`ahin-n`asi min sharril vasv`asil xonn`as. Allaz`iy yuvasvisu f`iy sud`urin-n`asi minal jinnati van-n`as.

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga, odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (O‘zi) jinlar va odamlardandir”».
4. Zam sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Erkaklar tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab egiladilar.



Ayollar erkaklarga nisbatan ozroq egiladilar. Tizzalarini bir oz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar.

Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuqsonlardan poksan), deyiladi.
5. Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etganlarni eshitguvchidir), deb qad ko‘tariladi, bu holat «qavma» deyiladi.

Qavma holida: «Robbana lakal hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolg‘iz Sengadir), deyiladi.
6. «Allohu akbar» deb avvalo tizzalar, ke-yin qo‘llar, so‘ng peshona va burun yerga tekkizilib, sajda qilinadi. Sajda qi-linayotganda oyoq panjalari qiblaga qaratiladi, erkaklarning tirsaklari yerga tegmaydi. Ayollar tirsaklarini yerga qo‘yadilar. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la» (Ey ulug‘ Robbim, Sen butun nuqsonlardan poksan), deyiladi.
7. «Allohu akbar» deb sajdadan bosh ko‘tariladi va tiz cho‘kkan holda bir oz o‘tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi. Jalsada qo‘llar, barmoqlar o‘z holicha tutilib, songa qo‘yiladi. Barmoq uchlari tizza bilan teng bo‘lishi lozim.
Erkaklar chap oyoqlari ustiga o‘tiradilar. O‘ng oyoq panjalari qiblaga qaratiladi. Ayollar oyoqlarini o‘ng tarafdan chiqarib o‘tiradilar.
8. «Allohu akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi. Shu bilan birinchi rakat tugaydi.
9. «Allohu akbar», deb qiyomga (tikka) turiladi.
10. Qiyomda «Bismillahir rohmanir rohiym»dan boshlab, Fotiha surasi, orqasidan bir zam sura o‘qiladi.
11. «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym», deyiladi.
12. «Sami’allohu liman hamidah», deb tik turiladi, ketidan «Robbana lakal hamd», deyiladi.
13. «Allohu akbar», deb sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.
14. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tariladi va bir oz o‘tiriladi.
15. «Allohu akbar», deb ikkinchi bor sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.
16. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tarilib qa’dada o‘tiriladi va quyidagilar o‘qiladi:
«ATTAHIYYAT» DUOSI

Attahiyy`atu lill`ahi vas-solav`atu vattoyyib`at. Assal`amu ‘alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatull`ohi va barok`atuh. Assal`amu ‘alayn`a va ‘al`a ib`adillahis-s`olih`iyn. Ashhadu all`a il`aha illall`ohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduh`u va ros`uluh.

Mazmuni: Mol, badan, til bilan ado etiladigan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bo‘lsin. Sizga va solih qullarga Allohning salomi bo‘lsin. Iqrormanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Va yana iqrormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning quli va elchisidirlar.
SALOVOT
All`ohumma solli ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a sollayta ‘al`a Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.


Date: 2015-12-11; view: 1276


<== previous page | next page ==>
Chapter Twenty-Three | INTRODUCTORY READING AND TALK
doclecture.net - lectures - 2014-2024 year. Copyright infringement or personal data (0.008 sec.)